Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirda konsert va ko‘rgazma namoyish etildi
12:16 / 2025-09-23

Sirdaryo viloyatining Gulston shahridagi Yoshlar markazi binosida "1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni" oldidan “Barkamol avlod” bolalar maktabi tashabbusi bilan “Kelajakka yo‘l” mavzusida sahnalashtirilgan tadbir va konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Unda  350 nafardan ziyod pedagoglar, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi. Sahnada yosh iste’dodlar tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlar, raqslar va sahna ko‘rinishlari tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Shuningdek,  tadbirda “Barkamol avlod” maktabi o‘quvchilari tayyorlagan qo‘l mehnati ko‘rgazmasi ham namoyish etildi.  

– Bunday tadbirlar bolalarning iste’dodini rag‘batlantirish, ularni sahna orqali tarbiyalash va kelajakda yetuk shaxslar etib voyaga yetkazishda muhim ahamiyatga ega. Sahnada chiqish qilgan har bir bola o‘z qobiliyatini namoyon etibgina qolmay, o‘ziga bo‘lgan ishonchni ham mustahkamlaydi, – dedi maktab direktori Oliya Turdiyeva.

Konsert yakunida tuman va shahar “Barkamol avlod” bolalar maktablari direktorlariga tashakkurnoma va kitoblar topshirildi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri