French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbir qonunlar targ‘ibotiga bag‘ishlandi
17:16 / 2021-10-07

Andijon viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan ma’qullangan qonunlar, qabul qilingan qarorlar mazmun-mohiyatini targ‘ib etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari tuman, shahar, viloyat kengashlari doimiy komissiyalari raislari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Ravshanbek Alimov ishtirok etdi.

Yig‘ilishda  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021 yil 31 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof–muhitni muhofaza qilish davlat qo‘msitasining davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan  daraxt va butalarning kesilishiga doir masala yuzasidan axboroti to‘g‘risida” gi, shuningdek, sud-huquq tizimi bo‘yicha qabul qilingan qarorlari ijrosi, mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar, ana shu hujjatlar mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida targ‘ib etish masalalari xususida atroflicha so‘z yuritildi.

[gallery-4191]

Yig‘ilishda so‘z olganlar tomonidan qonun, farmon va qarorlar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirish, bu borada oldimizda turgan muhim vazifalar, ularni samarali amalga oshirish yuzasidan taklif, fikr-mulohazalar bildirildi.  

Shuningdek, tadbirda fuqarolarning Senatga kelib tushgan murojaatlarini joyida o‘rganish, qonuniy hal etish borasidagi ishlar ham tahlil qilindi.  

Uchrashuv qatnashchilari yig‘ilish mavzusi doirasida o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga senator va boshqa mutassaddilardan batafsil javoblar oldi.  

 

F. UBAYDULLAEV,

Z. UMRZOQOV (surat),

O‘zA