Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbir farg‘onalik yoshlarni birdamlikka chorladi
07:29 / 2025-06-06

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat teatr-konsert saroyining ochiq sahnasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida katta gala-konsert bo‘lib o‘tdi. 

30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram kechasida viloyat hokimi o‘rinbosari Sherzod Polvonov hamda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev so‘zga chiqib, yoshlarni bayram bilan qutladi. Mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, Prezident tashabbuslari va davlat siyosatida yosh avlodga qaratilayotgan e’tibor haqida to‘xtalib o‘tildi. 

[gallery-23784]

Tadbir davomida Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori Layloxon Saynazarova, Farg‘ona davlat texnika universiteti doktoranti Ahadjon O‘lmasov hamda yoshlar uchun imkoniyatlar eshigini ochuvchi qator loyihalar asoschilari tomonidan yoshlarga muvaffaqiyatga erishish yo‘llari, yurtimizdagi tinchlik, barqarorlik va yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanishlari bo‘yicha motivatsiyalar berildi. 

Ta’lim, sport, harbiy-vatanparvarlik, IT sohalarda faollik ko‘rsatgan yoshlar taqdirlandi.

Bayram kechasi o‘zbek estradasining yorqin yulduzlari, yosh iste’dodlar ishtirokidagi gala-konsert bilan davom etdi. 

Viloyatning barcha shahar va tumanlaridan kelgan minglab yoshlar va keng jamoatchilikning qizg‘in ishtirokida o‘tgan madaniy-ma’rifiy tadbir “O‘zbekiston yoshlari” madhiyasi hamda yorqin mushakbozlik bilan yakunlandi.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA