English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tabiiy suv havzalarida baliq ovlash qoidalari tasdiqlandi
19:30 / 2024-02-09

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasining tabiiy suv havzalarida baliq ovlash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq:

O‘zbekiston Respublikasining tabiiy suv havzalarida baliq ovlash qoidalari tasdiqlandi.

Unda:

sport-ishqibozlik turidagi va sanoat usulida baliq ovlash tartibi; 

baliq ovlash bilan shug‘ullanuvchilarning huquq va majburiyatlari; 

ixtiofauna ob’ektlaridan foydalanishni nazorat qilish;

baliq resurslarini muhofaza qilish va noqonuniy ovlash oqibatida yetkazilgan zararlarni hisoblash;

huquqbuzarlik sodir etgan shaxslardan olib qo‘yilgan baliq ovlash qurollari va vositalarini yo‘q qilish;

noqonuniy baliq ovlash holatlarini aniqlagan baliqchilik xo‘jaligi hamda vakolatli shaxsga pul mukofoti berish;

noqonuniy ovlangan baliq turlari bo‘yicha qancha miqdorda zarar yetkazish bilan bog‘liq holatlar yuzasidan xulosa bergan ekologiya sohasidagi ilmiy va ta’lim muassasalari xarajatlarini qoplash belgilab berilgan.

Uch oy muddatda sanoat usulida baliq ovlash uchun ruxsat etilgan turlarni hisobga qo‘yish va identifikatsiya qilish hamda ularning reyestrini yuritishni nazarda tutuvchi elektron platforma ishga tushiriladi.

Mazkur qaror rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

O‘zA