English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanganlarga jinoyat ishlari qo‘zg‘atilmoqda
12:16 / 2023-05-05

Tabiiy resurslar – elektr energiyasi va tabiiy gazning kundalik turmushdagi ahamiyati beqiyos. Shu bois ulardan oqilona foydalanish juda muhim. Resurslarni isrof qilmaslik uchun ham bu borada tartib-qoidalar o‘rnatilgan.

Qoidalarga amal qilmaydigan, tarmoqlarga o‘zboshimchalik bilan ulanib olganlar, tabiiyki, ulardan xo‘jasizlarcha foydalanadi. Shu bois Bosh prokuratura huzuridagi Departament tizimi xodimlari bunday holatlarga qarshi murosasiz kurashib kelmoqda. Tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanganlarga jinoyat ishlari qo‘zg‘atilmoqda  

“J.S.” mas’uliyati cheklangan jamiyati tuman filiali mas’ul shaxslari mas’uliyati cheklangan jamiyati binosini hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulab, 137,6 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.    

Bu Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sharof Rashidov tumani bo‘limi tomonidan elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlandi. 

Departamentning Jalaquduq, Shahrixon va Asaka tuman bo‘limlari tomonidan elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda uchta tadbirkorlik sub’ekti mas’ul shaxslari avtomashinalarni yuvish shoxobchasi, savdo do‘koni va qurilish binolarini hech qanday hujjatsiz elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulab, 588,1 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.  

Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, “N.S.”, “D.l” mas’uliyati cheklangan jamiyatining mas’ul shaxslari va boshqalar ishlab chiqarish sexlarini hech qanday hujjatsiz gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulab, 4,1 million kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.  

“N.T.” xususiy korxonasiga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi rahbari U.R. shoxobcha elektr hisoblagichiga shikast yetkazib, 339,8 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganligi Departamentning Sherobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.  

Ushbu qonunbuzilish holatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 4,6 milliard so‘m zarar yetkazilgan.  

Departament matbuot xizmatidan xabar berishlaricha, mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.  

N.Abduraimova,  

O‘zA