Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tabiiy resurslardan noqonuniy foydalangan shaxslar javobgarlikka tortildi
15:24 / 2023-03-31

Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlari xodimlari tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etmoqda.

Departamentning Samarqand shahar, Nishon, Qo‘shrabot, Jonboy, Qamashi, Muborak, Marhamat va Oltinko‘l tumanlari bo‘limlari tomonidan elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar hamda tergovga qadar tekshiruvlar amalga oshirildi.  

Bu jarayonda 3 ta mas’uliyati cheklangan jamiyat, bitta fermer xo‘jaligi, bitta oilaviy korxona rahbarlari hamda ikki nafar fuqaro o‘ziga qarashli bo‘lgan issiqxona, dala yer maydoniga o‘rnatilgan suv nasoslari hamda binolarini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 1,5 million kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.  

Departamentning Oltinko‘l tumani bo‘limi tomonidan gaz idorasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda esa fuqaro X.Q. Uyshin mahallasidagi o‘ziga qarashli issiqxonani hech qanday hujjatsiz gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 30,2 ming kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.  

Ushbu qonunbuzilish holatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 565,9 million so‘m zarar yetkazilgan.  

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  

 

O‘zA