English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tabiiy ofatlar so‘nggi 50 yil ichida ikki million kishining yostig‘ini quritdi
08:42 / 2023-05-27

Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT) ekspertlari ma’lum qilishicha, so‘nggi 50 yil ichida ekstremal ob-havo hodisalari 2 million kishining o‘limiga, 4 milliard dollardan ko‘p iqtisodiy yo‘qotishga sabab bo‘lgan.

1970-2021 yillar oralig‘ida sayyoramiz 12 mingga yaqin tabiiy ofatga uchradi. Ushbu ma’lumotlar Jenevada bo‘lib o‘tgan Jahon meteorologiya kongressi ochilishida e’lon qilindi. Anjuman ishtirokchilari 2024-2027 yillarga mo‘ljallangan ekstremal ob-havo, iqlim va gidrologik hodisalarning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatiga mamlakatlar chidamliligini rivojlantirish rejasini qabul qilishi kutilyapti.

Meteorologlar ta’kidlashicha, so‘nggi yarim asrda noqulay ob-havodan eng ko‘p  rivojlanayotgan mamlakatlar zarar ko‘rgan. Ya’ni, ekstremal ob-havo bilan bog‘liq o‘limning 90 foizi, iqtisodiy zararning 60 foizi ushbu mamlakatlarga to‘g‘ri kelgan.

Shu bilan birga kam rivojlangan mamlakatlar va kichik orol davlatlarida yo‘qotish YAIMga nisbatan nomutanosib ravishda yuqori ekani qayd etilmoqda.
 

Экстремальная погода в мире связана с высокой температурой Гольфстрима -  РИА Новости, 13.12.2013

“Afsuski, ob-havo, iqlim va suv bilan bog‘liq xavfni, eng avvalo, o‘ta zaif jamoalar his etadilar”, deydi JMT Bosh kotibi Petteri Taalas.
Tashkilot ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi yarim asrda tabiiy ofat, ba’zi hollarda, kam rivojlangan mamlakatlar yalpi ichki mahsulotini 30 foizgacha qisqartirib yubordi. Kichik orol mamlakatlarda har beshinchi tabiiy ofat YAIMning besh foizdan ko‘prog‘ini yo‘qotdi. Ayrim tabiiy ofatlar butun mamlakat yalpi ichki mahsulotini yo‘q qildi.

Osiyo va Afrikada o‘lim darajasi yuqori

Кто испортил погоду. Мир охvaтыvaют ekstremalьные климатические явления -  РИА Новости, 29.07.2021

Osiyoda ekstremal ob-havo va iqlim hodisasi tufayli so‘nggi 50 yil ichida eng ko‘p o‘lim holati qayd etilgan. Ayni sabab bilan sariq va qora qit’ada jami bir millionga yaqin odam halok bo‘ldi, ularning yarmidan ko‘pi birgina Bangladesh hissasiga to‘g‘ri keldi. Afrikada esa so‘nggi yarim asrda 733 ming 585 tabiiy ofat bilan bog‘liq o‘lim ro‘yxatga olingan. Baxtsizlikning 95 foizi qurg‘oqchilik bilan bog‘liq.

Erta ogohlantirish tizimining ahamiyati

JMT ta’kidlashicha, takomillashtirilgan erta ogohlantirish tizimi va qutqaruv tadbirlarini muvofiqlashtirilgan holda boshqarish tabiiy ofat oqibatini yumshatadi. 2020-2021 yillarda tabiiy kataklizma natijasida vafot etganlar bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich o‘tgan o‘n yillikdagidan pasaydi.

– Erta ogohlantirish tizimi insonlar hayotini saqlab qoladi, – deydi Taalas. Uning ta’kidlashicha, o‘tgan hafta Myanma va Bangladesh sohil bo‘yi hududlarini vayron qilgan “Mokka” sikloni kabi ofatlar o‘tmishda o‘n minglab odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan. Erta ogohlantirish va ofatni boshqarish tizimi tufayli esa bunday halokatli ko‘rsatkichlar o‘tmishda qoldi. Masalan, “Mokka” sikloni 145-400 odamni nobud qilgani taxmin qilinmoqda.
 

Sезон дождей в Bangladesh часто obорачиvaется наводнениями.

JMT ma’lumotiga ko‘ra, hokimiyat va jamoatchilikni yaqinlashib kelayotgan xavf haqida 24 soat oldin xabardor qilish iqtisodiy zararni 30 foiz qisqartirishi mumkin.

2022 yil noyabr oyida Sharm Al-Shayxda bo‘lib o‘tgan “COR-27” iqlim o‘zgarishi konferensiyasida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish “Barcha uchun erta ogohlantirish tizimi” tashabbusini ilgari surdi. Bundan ko‘zlangan maqsad 2027 yil oxirigacha sayyoramiz aholisini to‘liq ushbu tizim bilan himoya qilinishini ta’minlashdir.

Hozir dunyo aholisining faqat yarmi erta ogohlantirish xizmati ishlaydigan hududda yashaydi. Kichik orollar, rivojlanayotgan davlatlar va eng zaif davlatlar hamon tabiiy ofat qarshisida ojiz. Binobarin, jahon hamjamiyati, qolaversa iqtisodiy qudratli davlatlar mazkur masalada rivojlanayotgan mamlakatlarga yordamni kuchaytirish ustida ish olib borishi zarurligi tobora ayonlashmoqda.

S.Rahimov, O‘zA