Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tabiiy ofat sayyoramizning eng qadimiy shahar qoldiklariga havf solmoqda
11:20 / 2025-12-15

– Pokistonning qadimgi Mohenjo-Daro shahri qoldiqlari kelasi yilgi kuchli musson yomg‘irlari mavsumida jiddiy zarar ko‘rishi mumkin, - dedi mamlakatning YUNESKO bo‘yicha komissiyasi bosh kotibi Aftab Muhammad Xon “RIA Novosti” axborot agentligiga bergan intervyusida.

Mulozimning ta’kidlashicha, mussonlar juda vayronkor va unga kerakli tayyorgarlik ko‘rilmagan

Manbaning ta’kidlashicha, 2022 yil o‘lkada kuzatilgan kuchli yomg‘irlar ortidan qadimiy shaharni tiklash ishlari hali ham davom etmoqda.

Ma’lumot o‘rnida: Mohenjo-Daro qoldiqlari Pokiston janubidagi Indus daryosi yaqinida joylashgan. Olimlar shaharning yoshini taxminan 4500 yil deb hisoblashadi. 1980 yilda Mohenjo-Daro YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

S.Rahimov, O‘zA