Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tabiiy gazning talon-toroj qilinishi natijasida ta’minot korxonasiga 458 million so‘m zarar yetkazilgan
14:53 / 2021-04-02

“Hududgaz Navoiy” gaz ta’minoti filialining yuridik shaxslarga tabiiy gazni yetkazib berishni nazorat qilish, moddiy resurslardan oqilona foydalanish va korrupsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirish bo‘limlari, shuningdek «Hududgaz Metrologiya» filiali Navoiy bo‘limi mas’ul xodimlari muntazam ravishda iste’molchilarning tabiiy gazdan oqilona foydalanishini nazorat qilish tadbirlarini olib bormoqda.

Natijada, joriy yilning mart oyida 9 ta holatda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish va qoidabuzarlik holatlari aniqlangan bo‘lib, ularning 7 tasi Karmana va 2 tasi Xatirchi tumaniga to‘g‘ri keladi. Qayta hisob-kitoblarga ko‘ra, tekshiruv tadbirlari davomida 692 ming metr kubdan ortiq tabiiy gaz talon-toroj qilinib, ta’minot korxonasiga 458 million so‘m zarar yetkazilgan.

– Tekshiruv tadbirlari davomida Karmana tumanidagi «Aslam Baraka Biznes» MCHJga qarashli yog‘ zavodida iste’molchi zarur hujjatlar rasmiylashtirmasdan gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangani aniqlangan, – deydi “Hududgaz Navoiy” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati rahbari Zebo Qutliyeva. 

– Natijada 661 ming 981 metr kub gaz talon-toroj qilinib, ta’minot korxonasiga qariyb 437 million so‘m zarar yetkazilgan. Shuningdek, «Osiyo Grand Karmana» MCHJ ga qarashli yog‘ zavodi, «Jaloyir Siti» va «Amirshox Ziyo» oilaviy korxonalari va tadbirkor B.M.ga tegishli nonvoyxonada ham gaz ta’minoti tashkiloti bilan hech qanday shartnoma tuzmasdan tabiiy gazdan foydalanish holatlari aniqlangan. Oqibatda 23 ming 552 metr kub gaz hisobga olinmay sarf qilingan va ta’minot korxonasi 16 million 820 ming so‘m zarar ko‘rgan.

Shu bilan birga, nazorat tadbirlarida Karmana tumanidagi N.M.ga tegishli nonvoyxona va «Go‘zal Hazora oqshomi» MCHJga qarashli tikuvchilik sexi, Xatirchi tumanidagi «Najmiddin ota» va «Eshpo‘latov Shoxrux» oilaviy korxonalarida loyihadan tashqari gaz jihozlaridan foydalanish holatlari ma’lum bo‘lgan.

Yuqorida qayd etilgan holatlar bo‘yicha barcha materiallar huquqni muhofaza qilish idoralariga yuborilgan. Ayni paytda viloyatning boshqa hududlarida ham nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

                                                                                                                                                                                                             

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA