Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tabiiy gazdan xavfsiz foydalanish – dolzarb masala
18:50 / 2015-04-21

“O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan kundalik turmushda tabiiy gazdan xavfsiz foydalanish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

“O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan kundalik turmushda tabiiy gazdan xavfsiz foydalanish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Tadbirda gaz ta’minoti tizimida mehnat qilayotgan besh yuzga yaqin mutaxassis, shuningdek, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar, Sog‘liqni saqlash, Xalq ta’limi vazirliklari vakillari ishtirok etdi.

Prezidentimizning 2014-yil 1-iyuldagi 2014-2015-yillarda kuz-qish davrida respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash to‘g‘risidagi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-iyundagi “Iqtisodiyot tarmoqlarida gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq, “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan energiya samaradorligini oshirish va gaz ta’minotining yangi bosqichiga o‘tishga doir chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

“O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari M.Boshmanov iste’molchilarga uzluksiz gaz yetkazib berish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilayotganiga qaramasdan, “zangori olov”dan maqsadsiz foydalanish va yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish holatlari hamon kuzatilayotganini ta’kidladi. Bularning barchasi maishiy gazdan zaharlanish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar ko‘payishiga olib kelmoqda.

Seminarda ushbu qoidalarni yirik sanoat korxonalari va aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida soha mutaxassislarining tabiiy gazdan xavfsiz foydalanish to‘g‘risida xabardorligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirda yong‘in xavfsizligini ta’minlash, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda yo‘qotishlarning oldini olish maqsadida zarur choralar ko‘rish masalalariga doir mavzularda ma’ruzalar tinglandi.