English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tabiiy gazdan xavfsiz foydalanish – davr talabi
14:41 / 2025-09-16

Kuz-qish mavsumi oldidan xonadonlarni isitish va tabiiy gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etish talab etiladi. Bunda esa dudburonlarni sozligini ko‘zdan kechirish, nostardart gaz pechlari o‘rniga energiya tejamkor xavfsizlik avtomatikasiga ega gaz yondirgichlari va uskunalaridan foydalanish hamda boshqalar muhim ahamiyatga ega.

Bu borada aholini hushyorlikka chorlash maqsadida gaz ta’minoti idorasi vakillari tomonidan joylarda zarur profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. 

“Navbahortumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari va tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari hamkorlikda xonadonma-xonadon yurib, profilaktik targ‘ibot ishlarini olib bormoqda. Jumladan, Beshrabot mahallasida istiqomat qiluvchi aholi vakillari bilan suhbat jarayonida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida gaz pechlarini xavfsizlik talabiga javob berishi, dudburonlarni mavsum oldi tozalangan yoki yo‘qligi o‘rganildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, ayrim xonadonlarda tegishli mas’ullar tomonidan dudburonlar tekshirilib, maxsus uskuna yordamida tozalab berilishi ta’minlandi. Isitish mavsumida xavfsizlik qoidalariga amal qilmaslik is gazidan zaharlanish va turli ko‘ngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkinligi atroflicha tushuntirildi. Gaz plitalari va pechlaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha iste’molchilarga eslatmalar tarqatildi. 

– Tuman bo‘yicha tabiiy gaz iste’molchilari soni 11 ming 836 tani tashkil etadi, – deydi tumangaz gaz ta’minoti bo‘limi muhandisi Tursun Qodirov. –  Tumanimizda 26 ta mahallamiz tabiiy gaz bilan ta’minlangan. Shundan Beshrabot mahallasida 577 ta tabiiy gaz iste’molchisi istiqomat qiladi. Bugungi targ‘ibot tadbirida aholi xonadonlariga kirib, is gazi, uning oqibatlari va tabiiy gazdan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib bordik. Kuz-qish mavsumi oldidan nostandart isitish pechlarini zamonaviy energiya tejamkoriga almashtirish va boshqalar bo‘yicha tavsiyalar berdik. Shu bilan birga har bir xonadonga ogohlikka chorlovchi eslatmalar tarqatildi. Mavsum boshidan buyon o‘n mingdan ortiq shunday eslatmalar aholi va ijtimoiy ob’ektlarga tarqatildi. 

– Gaz ta’minoti xodimlari kelib, gaz jihozlaridan to‘g‘ri foydalanishimiz bo‘yicha maslahatlar berdi, – deydi iste’molchilardan biri Hilola Toshova. – Eslatma oldik. Undagi xavfsizlik qoidalariga to‘liq amal qilamiz. Chunki bu avvalo, o‘zimiz, oila a’zolarimiz sog‘ligi va xavfsizligi uchun juda zarur. 

Bu kabi targ‘ibot tadbirlari mahallalar kesimida doimiy o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Asosiy maqsad esa mavsumni betalafot o‘tkazish, aholi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri