Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanmang
06:50 / 2023-02-17

Sirdaryoda iste’molchilar orasida qarzdorlik bo‘yicha avtomatik tarzda tabiiy gaz berishi to‘xtatilgandan so‘ng, o‘zboshimchalik bilan elektron gaz hisoblash uskunasini yechib olib, rezina shlanglar orqali tarmoqqa ulanib olgan va tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanayotganlar ham topilmoqda. Faqatgina o‘zini o‘ylovchi bunday iste’molchilar sabab, hududdagi gaz ta’minotida o‘zgarishlar, ularni hisoblashda esa xatoliklar yuzaga kelayotgani ham bor gap.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish joizki, birgina Sirdaryo tuman xududida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanayotgan iste’molchilarni aniqlash maqsadida 2023 yilning boshidan jami 37 ta reyd tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, 57 622 583  so‘mlik  151638 m3 gaz “Sirdaryotumangaz” gaz ta’minotiga zarar yetkazilgan. Shundan 19 ta tabiiy gaz iste’molchilari tomonidan 86124m3 gaz 32 727 409 so‘mlik mablag‘lar undirilishi ta’minlangan.

Bundan tashqari xuquqbuzarlarga qonuniy chora ko‘rishlik uchun to‘plangan xujjatlar xuquqni muhofaza qiluvchi idoralarga yuborilgan.

Joriy yilning  fevral oyida Sirdaryo tuman “Ziyokor” shaxarchasida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida “Ziyokor shaharchasi” Suvchilar ko‘chasi 12 uyda yashovchi fuqaro T.A.ga tegishli bo‘lgan xonadon o‘rganilganda foydalanilgan tabiiy gazdan 5 829 403 so‘m qarzdorlik aniqlandi. Xonadoni tabiiy gaz tarmog‘idan 2022 yilning noyabr oyida  o‘chirilishiga qaramasdan, o‘zboshimchalik bilan politelen shlanka orqali tabiiy gazdan noqonuniy foydalanayotganligi aniqlandi.

Huddi shu mahallaning Istiqlol ko‘chasi 8 uyda yashovchi fuqaro M. G. ham xonadonning foydalanilgan tabiiy gazdan 8 688 936  so‘m qarzdorligi sabab tabiiy gaz tarmog‘idan 2022 yilning noyabr oyida  o‘chirilishiga qaramasdan, shu  kunga qadar o‘zboshimchalik bilan politelen shlanka orqali noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu aniqlangan xolatlar yuzasidan dalolatnomalar rasmiylashtirilib, qayta xisob-kitoblar qilindi va tabiiy gaz tarmog‘idan o‘chirilib, to‘plangan xujjatlar xuquqni muhofaza qiluvchi idoralarga yuborildi.

 

Sh. Suyarov, O‘zA