Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishga chek qo‘yildi
15:21 / 2021-12-24

Buxoro viloyati Romitan tumanidagi 6 ta issiqxona xo‘jaligida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.

“Qahramon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi issiqxona egasi o‘zboshimchalik bilan 332 ming 93 metr kub miqdorda tabiiy gazdan foydalanib, gaz ta’minoti filialiga 332 million so‘mdan ziyod zarar yetkazgan. U harakatdagi gaz quvuriga gaz ta’minoti filialining ruxsatisiz ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan. Shuningdek, ushbu mahalla fuqarolar yig‘inidagi sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchi issiqxona egasi ham gaz ta’minoti filialidan 205 million 273 ming so‘mlik qarzdorligi bo‘la turib, unga noqonuniy ravishda ulangan. 317 ming 184 metr kub miqdordagi tabiiy gazdan ruxsatsiz foydalangan. Bu noqonuniy xatti-harakatlar bilan iste’molchi gaz ta’minoti filialiga 317 million so‘mdan ortiq moddiy zarar yetkazgan. Achinarlisi, iste’molchi gaz ta’minoti vakillaridan yashirinishga uringan. Shunday bo‘lishiga qaramay tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, Buxoro viloyati prokuraturasiga topshirildi. Ushbu noqonuniy xatti-harakatlarga chek qo‘yildi. 

Romitan tumanida olib borilgan o‘rganishlar davomida bir vaqtning o‘zida aniqlangan 6 ta noqonuniy harakatlar tufayli jami ular tomonidan gaz ta’minoti filialiga 1 milliard so‘mdan ziyod moddiy zarar keltirilgan. 

Kogon tumani “Amirobod” qo‘rg‘onidagi gips ishlab chiqarish ob’ektida ham noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilgan. Ulgurji iste’molchi tabiiy gazga harakatdagi yer osti gaz quvuriga o‘zboshimchalik bilan ulangan. Bu noqonuniy harakati tufayli 660 million so‘m miqdorida gaz ta’minotiga moddiy zarar yetkazilgan. Bu o‘zboshimchalikka esa chek qo‘yildi.Joriy oyda olib borilgan o‘rganishlar davomida ulgurji iste’molchilar tomonidan gaz ta’minoti filialiga 1 milliard 83 million so‘mlik zarar keltirilgan. 

Albatta, mavjud kamchiliklar aniqlangach, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yildagi «Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorining tegishli bandlariga asosan iste’molchilarga tabiiy gazni yetkazib berish va qabul qilish to‘g‘risidagi ikki tomonlama shartnoma tuzmasdan turib, tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ulanmaslik borasida tushuntirishlar olib borildi. Olib borilgan o‘rganishlar asosida tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, Buxoro viloyati prokuraturasiga topshirildi. 
 

Zarif Komilov, O‘zA