Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish tizimga 3,5 milliard so‘m miqdorida zarar yetkazdi
“O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Samarqand shahridagi “B.Q.S.” MCHJga qarashli 21 xonali ko‘p qavatli uy binosida loyiha hujjatlari rasmiylashtirilmagan holda tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu qoidabuzarlik sababli gaz ta’minoti korxonasiga 3 milliard 560 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
N.Ziyodullayeva tayyorladi,
O‘zA