Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlariga chek qo‘yildi
14:02 / 2021-01-27

Issiqlik energiyasi yetishmasligi bilan bog‘liq muammolar ko‘pchilikni qiynab kelayotgani sir emas.

Shunday vaziyatda borini ham boshqa maqsadlarda o‘zlashtirayotganlar borligi odamlar haqiga xiyonatday gap.

Masalan, fuqaro N.M. “M.” fermer xo‘jaligiga qarashli dala shiyponida ohak ishlab chiqaruvchi yashirin sex tashkil qilib, yuqori bosimli gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan. Oqibatda “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati manfaatlariga 1,7 milliard so‘m zarar yetkazgan.

Vaholanki, shuncha miqdordagi tabiiy gaz bilan kuz-qish mavsumida 200 xonadonni ta’minlash mumkin.  

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Romitan tumani bo‘limi Ichki ishlar bo‘limi va “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatiga chek qo‘yildi.  

Departamentning Toshkent tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.G.” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari M.M. tabiiy gaz quvuriga noqonuniy ulanib olgani aniqlangan. Holbuki, bu tadbirkorga oktyabr oyida tabiiy gazdan foydalanmaslik haqida ogohlantirish berilib, dalolatnoma tuzilgan. Shunga qaramay, u gaz quvuriga o‘rnatilgan tamg‘ani buzgan holda foylangani natijasida gaz ta’minoti korxonasiga qariyb 1 milliard so‘m zarar yetkazgan.  

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yuqoridagi holatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.  

To‘g‘ri, tadbirkor ham faoliyat yuritishi kerak. Lekin aholining issiqlik energiyasiga bo‘lgan talabi dolzarb bo‘lib turgan vaziyatda ular buni to‘g‘ri tushunishi lozim edi.  

Muattar Burhonova, O‘zA