Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari yuz bermoqda
15:00 / 2023-12-13

“O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Toshkent viloyatida 3 ta issiqxona 526 million 529 ming so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.

Aniqlanishicha, Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar S.P, B.K. va I.K.ga tegishli 3 ta issiqxonada elektron gaz hisoblagichlarsiz o‘zboshimchalik bilan noqonuniy tabiiy gaz ishlatilgan. Mazkur holat tufayli tizimga 526 million 529 ming so‘mlik zarar yetkazilgan. Qoidabuzar iste’molchilarga oid hujjatlar tegishli organlarga yuborilgan.  

Ayni paytda bu kabi nazorat tadbirlari davom etmoqda.  

N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA