Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari asosan qaysi hududlarga to‘g‘ri kelmoqda?
Joriy yilning 13-14 dekabr kunlarida Ishchi guruhlar tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 191 ta holatda iste’molchilarning tabiiy gazdan noqonuniy va nooqilona foydalanish holatlariga chek qo‘yildi.
Mazkur noqonuniy faoliyatlar natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 2,1 mlrd. so‘mni va gaz hajmi 2,3 million metr kubni tashkil etgan. Ushbu miqdordagi tabiiy gaz o‘rtacha 4 mingga yaqin hovli uylardagi xonadonlarning qish mavsumidagi bir oylik iste’molini tashkil qiladi.
Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari asosan Toshkent viloyatida (504 mln. so‘m), Qashqadaryoda (361 mln. so‘m), Navoiyda (136 mln. so‘m), Jizzaxda (123 mln. so‘m), Sirdaryoda (137 mln. so‘m), Xorazmda (138 mln. so‘m) va Toshkent shahrida (132 mln. so‘m) aniqlangan.
O‘zA