Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
13:29 / 2026-01-29

“Hududgaz Navoiy” gaz ta’minoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari va “Mahalla iste’molchilari bilan ishlash” bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbirlarda bir qator tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Jumladan, Navbahor tumani Arabxona mahallasida yashovchi fuqaro A.A. xonadonida o‘zboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmog‘iga elektron gaz hisoblash uskunasidan oldin to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanganligi aniqlandi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, gaz ta’minoti tashkilotiga yetkazilgan zarar 40 million 137 ming so‘mni tashkil etgan.

Zarafshon shahridagi Geolog mahallasida yashovchi D.K. ga tegishli xonadonda ham xuddi shu tarzda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinishi holati aniqlandi. Holat bo‘yicha 20 million 187 ming so‘mlik zarar qayta hisob-kitob qilindi. Shaharning Tinchlik mahallasida yashovchi fuqaro G.T. ham tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan va ta’minot korxonasiga 19 million 797 ming so‘m zarar keltirgan. Sh.G. esa xonadonidagi elektron gaz hisoblash uskunasini yechib, rezina shlang orqali o‘zboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulanib, tabiiy gazdan foydalanib kelgan va 17,3 million so‘m miqdorida zarar keltirgan. 

Hozirda har bir holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborilgan.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri