Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda 
14:44 / 2024-03-04

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi “Furqat” MFY hududida faoliyat yurituvchi “N.P.” oilaviy korxonasi rahbari I.E. ovqatlanish shoxobchasi va novvoyxonada hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘idan gaz hisoblagichdan tashqari tijorat maqsadida quvur tortib, 897,5 million so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagani aniqlandi.

Shuningdek, Andijon shahrida “G.N.” va “M.G.” MCHJ mas’ul shaxslari oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sexi hamda ovqatlanish shoxobchasini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, 164,2 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. 

Mazkur holatlar Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning tuman bo‘limi va “O‘zenergoinspeksiya” boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda oshkor etildi. 

Ayni kunlarda ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi “O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmati xabarida. 

N.Ziyodullayeva tayyorladi O‘zA