Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tabiiy gaz tuganmas boylik emas
18:09 / 2025-06-20

Respublikamizning barcha hududlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlashga qaratilgan nazorat tadbirlari doimiy o‘tkazilib kelinadi.

Jumladan, Buxoro viloyati Jondor tumanida joylashgan tibbiyot birlashmasida tabiiy gazdan foydalanish holati ko‘zdan kechirildi. Natijada binodagi gaz jihozlarining sarfi elektron gaz hisoblash uskunasining maksimal quvvatidan oshiqcha ekani aniqlangan. Holat bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, 1 milliard 113 million 654 ming so‘mlik zarar qayta hisob-kitob qilindi.

Holat bo‘yicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.