Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tabiiy gaz ta’minotida samaradorlikni oshirish choralari ko‘rilmoqda
18:43 / 2025-04-05

FOTOREPORTAJ

O‘tgan kuz-qish mavsumida iste’molchilarni tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlashda bir qator texnologik muammolar kuzatildi. Xususan, gaz hisoblash uskunalaridan foydalanishdagi nosozliklar, gaz quvurlari va ulardagi qurilmalardagi kamchiliklar ayrim hududlarda uzilishlarga sabab bo‘ldi.  

Bunday muammolarning oldini olish va ularni takrorlanishini bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilotlar ishtirokida ishchi guruh tuzildi. Mazkur guruh hududlarda xatlovlar o‘tkazib, texnologik kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan ish olib bormoqda.  

[gallery-22668]

“Hududgaz Sirdaryo” gaz ta’minoti filiali, Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasi, “O‘zenergoinspeksiya” hamda Raqamli texnologiyalar vazirligining hududiy bo‘limlari hamkorlikda gaz ta’minoti tizimidagi muammolarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.  

Hozirda hududlardagi xonadonlarda ma’nan eskirgan gaz jihozlarini zamonaviy energotejamkor texnologiyalarga almashtirish jarayoni davom etmoqda. Shu munosabat bilan Xovos tumani Paxtakor mahallasida o‘quv amaliy-seminar tashkil etildi. Seminarda aholiga eskirgan isitish qozonlarining samarasizligi, zamonaviy gaz jihozlarining afzalliklari hamda tabiiy gazdan tejamkor foydalanish yo‘llari haqida tushuntirishlar berildi.  

Bunday tadbirlar tabiiy gazdan oqilona foydalanish, ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish va iste’molchilarning to‘lov madaniyatini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, gaz ta’minoti tizimini yaxshilash va fuqarolar uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida viloyat miqyosida amaliy ishlar davom ettiriladi.

Shahriyor ORTIQBOEV (surat), O‘zA