Kuz-qish mavsumiga munosib tayyorgarlik ko‘rish, ayniqsa, sovuq kunlarda iste’molchilarga uzluksiz ravishda tabiiy gaz yetkazib berish maqsadida tarmoqda mukammal ta’mirlash va rekonstruksya ishlari amalga oshirish muhim ahamiyatga ega.
Joriy yil davomida Namangan viloyatidagi 30 ta mahalla fuqarolar yig‘ini hududlarida “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati tomonidan ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Buning natijasida 24 mingdan ziyod xonadonlarning tabiiy gaz ta’minoti yaxshilanishiga erishildi.



Jumladan, Namangan shahrining Boburshoh mahallasi Boburshoh ko‘chasida, Obi hayot mahallasida, Yangi Namangan tumanining Mustaqillikning besh yilligi, Yoshlik, Axsikent, Mashrab va Furqat mahallalarida, Davlatobod tumanining Ijodkor, Pop tumanining Anhor, Temir yo‘l usti, Iftixor va Hazrati bob, Chust tumanining Serob va Sadacha, To‘raqo‘rg‘on tumanining Toshkent, Chust ko‘prik va Qo‘shqayrag‘och mahallalarida ta’mirlash ishlari olib borildi.


Shuningdek, Namangan tumanining Katta Toshbuloq va Navro‘z, Mingbuloq tumanining Oybek va Mustaqillik, Uychi tumanining Alisher Navoiy, Beruniy, Shifokor va Yangichek, Kosonsoy tumanining Yangi shahar, Yangiqo‘rg‘on tumanining Radivon va Hurriyat mahallalari hamda Chortoq tumanining Yuksalish va Oromgoh mahallalaridagi yer osti va ustida joylashgan yuqori bosimli gaz tarmoqlari mukammal ta’mirdan chiqarildi.
Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.