FOTOREPORTAJ
Davlatimiz rahbarining 2021 yil 30 apreldagi “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori doirasida “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi hududigacha gaz quvurlarni tortish belgilangan bo‘lib, bu borada qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 1-2 iyun kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi va Termiz shahri iste’molchilarini tabiiy gaz bilan ta’minlash uchun Angor tumani Bahor mahallasi hududida joylashgan “Qoraqir” AGRSdan kesimi d-219 mm bo‘lgan jami 38,9 km yuqori bosimli gaz tarmog‘i qurilishini ta’minlash topshirig‘i berilgan bo‘lib, mazkur ob’ektning loyiha-smeta hujjatlari to‘liq ishlab chiqilib, “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUKning Surxondaryo viloyati filialidan ekspertizadan o‘tkazilgan. Hozirgi kunga qadar ushbu ob’ektda “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialining mashina-mexanizm hamda qurilish montaj boshqarmasi ishchi xodimlari kuchi bilan L-24 km.dan ziyod quvurlarning qurilishi amalga oshirildi.
[gallery-7715]
Mazkur ob’ekt qurilishi yakuniga yetgach, Termiz shahar aholisi, xususan, shaharning Guliston, Kattabog‘, Gulira’no, Surxon sohili, Majnuntol, Yulduz, Bog‘ishamol, Manguzar, Chegara, Kokildorota, Namuna, Tinchlik, Jo‘yjangal, Ma’rifat, Mehrabod kabi mahallalarini barqaror tabiiy gaz bilan ta’minlashga erishilib, 10 mingga yaqin ko‘p qavatli va hovli uylar hamda ko‘plab ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining tabiiy gaz ta’minotini yaxshilanishiga erishish mumkin.
Shu bilan birga, shahar va qishloqlarda namunaviy loyihalar asosida barpo etilayotgan massivlar, ko‘p qavatli turar joy binolari, ishlab chiqarish korxonalari va boshqa ob’ektlarga gaz tarmoqlari tortish borasida “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan muayyan ishlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat),O‘zA