Energetika vazirligi shtabi tomonidan 2022 yilning 1-15 mart kunlarida iste’molchilarning tabiiy gazdan foydalanish holatlari tahlil qilinganini ma’lum qildi, vazirlik matbuot xizmati.
Unga ko‘ra, mart oyining o‘tgan 15 kuni davomida respublika bo‘yicha 106 ta holatda ulurji iste’molchilar tomonidan amaldagi qoidalarga rioya etmagan holda 7 million 864 ming metr kub hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy va nooqilona foydalanish holatlari aniqlangan.
Unda gaz ta’minoti korxonalari manfaatlariga 7 milliard 646 million so‘m zarar yetkazilgan. Ushbu miqdordagi tabiiy gaz 583 000 xonadonning bir kunlik iste’molini tashkil qiladi.
Xabarda yozilishicha, noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi – Farg‘ona viloyatida 5 million 6 ming metr kub yoki 5 milliard 6 million so‘m, Buxoro viloyatida 1 million 128 000 metr kub yoki 1 milliard 127 million so‘m hamda Surxondaryo viloyatida 596 ming metr kub tabiiy gaz yoki 593 million so‘mni tashkil etgan.
Mazkur holatlar bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.
O‘zA