Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tabiiy gaz sifat koʻrsatkichining meʼyoriy talablari oʻrganildi
11:07 / 2020-08-07

Soha mutaxassislarining olib borgan oʻrganishi va tahlili natijasida ish unumdorligining past ekanligi aniqlandi.


“Oʻzbekneftgaz” AJ Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Uchqir gazni oltingugurtdan tozalash” majmuasi 5-texnologik tarmogʻidagi suv bilan sovitish apparatining ish unumdorligi oʻrganib chiqildi.

Soha mutaxassislarining olib borgan oʻrganishi va tahlili natijasida ish unumdorligining past ekanligi aniqlandi. Bu muammo suv bilan sovitish apparatini (Oltingugurt birikmalaridan tozalanayotgan tabiiy gaz sifat koʻrsatkichlarini yana-da yaxshilash maqsadida foydalaniladi) almashtirish zarurligini koʻrsatdi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ hamda Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining mutaxassislari hamkorligida ichki imkoniyatlardan foydalangan holda, ish unumdorligi yuqori boʻlgan issiqlik almashtirgich apparati oʻrnatilib, ishga tushirdi.

Natijada “Uchqir gazni oltingugurtdan tozalash” majmuasining 5-texnologik tizimidagi MDEA kimyoviy reagentining harorati 65 darajagacha tushirilishiga erishildi.

Bu esa oʻz navbatida tabiiy gaz sifat koʻrsatkichlarini meʼyor talablari darajasida isteʼmolchilarga yetkazib berilishini taʼminlaydi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati