Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tabiiy gaz maromida yetkazilmoqda
17:53 / 2026-01-24

“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali xodimlari qorli va sovuq ob-havo bo‘lishiga qaramay, o‘z vazifasini sidqidildan bajarib aholiga uzluksiz ravishda tabiiy gaz yetkazib bermoqda.

Shuningdek, joylardagi gaz maromlash qurilmalari nazorat qilinmoqda. Muhimi, xavfsizlikka rioya qilgan holda gazning uzluksiz yetkazilishini ta’minlashdir.

– Mamlakatimiz bo‘ylab sovuq ob-havo bo‘lishiga qaramay kommunal sohada ish jarayonlari to‘xtagani yo‘q. Viloyat aholisiga tabiiy gazni uzluksiz yetkazib berish uchun 24/7 rejimida ish faoliyati olib borilmoqda. Gaz taqsimlash qurilmalari va quvurlarning sovuq sharoitda ishonchli ishlashi doimiy nazoratga olingan. 

Avariyaviy holatlar bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda. Ko‘rilayotgan chora-tadbirlar gaz bilan uzluksiz  ta’minlashga qaratilgan. Shuningdek, 167 mingdan ortiq suyultirilgan gaz iste’molchilariga ham gaz ballonlari belgilangan rejaga muvofiq berilmoqda. Tizim xodimlarining asosiy vazifasi xalqqa xizmat qilish ekan, ular o‘z vazifalariga mas’uliyat bilan yondashib kelishga harakat qilmoqda, – deydi gaz ta’minoti filiali matbuot kotibi Mohigul Abdullayeva.

Zarif Komilov, O‘zA