Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tabiatning 60 manzarasi (+video)
16:55 / 2025-12-10

Mazkur fotoko‘rgazmaning asosiy maqsadi — jamiyat va har bir insonning e’tiborini atrof-muhit muammolariga qaratish, shuningdek, barchamizga sayyoramiz va uning ekotizimlari oldidagi mas’uliyatimizni eslatishdir.

Ekspozitsiyada O‘zbekistonning suv resurslari, tuprog‘i, flora va faunasi, turli landshaftlari hamda tabiat yodgorliklarini aks ettirgan 60 ta fotoasar namoyish etilmoqda.

Fotoko‘rgazma atrof-muhitga ongli, ehtiyotkor va hurmatli munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi. Unda professional va havaskor fotomuxlislar tomonidan suratga olingan, qo‘riqlanadigan hududlarning manzaralari, hayvonot dunyosi va o‘simliklari tasvirlangan.

Shuningdek, tadbir doirasida Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan chop etilgan “O‘zbekiston tabiiy merosi” hamda “O‘zbekiston tabiati fasllarda” nomli albom-kitoblar taqdimoti ham o‘tkazilmoqda. Ushbu nashrlar davlat ekologik siyosatining mazmunini yoritib, mamlakatning tabiiy yodgorliklari, qo‘riqxonalar va milliy bog‘lari haqida ilmiy tadqiqotlarga asoslangan ma’lumotlarni taqdim etadi.

Fotoko‘rgazma ekologiya va barqaror rivojlanish mavzulariga qiziqadigan keng jamoatchilik, professor-o‘qituvchilar, talabalar, maktab o‘quvchilari, hamda tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyatni rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. 

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/YBxvyHSD0Qs" title="Tabiatning 60 manzarasi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Fardona Yaxshiboyeva, Oybek Davronov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA