French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tabiatni borligicha asrash lozim
10:08 / 2025-10-08

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti hamkorligida “Butunjahon tabiiy yashash muhitni himoya qilish kuni”ga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

 Partiya Markaziy kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Bahriddin Hofizov ekologiya bilan bog‘liq muammolar avj olayotgan ayni paytda ekologik madaniyatni yuksaltirish, yoshlarning tabiatga mas’uliyatli munosabatini shakllantirish lozimligi borasida fikr-mulohazalarini bildirdi.

 Qayd etilganidek, tabiatga yetkazilayotgan zarar natijasida juda ko‘p jonzotlar o‘z yashash manzillarini o‘zgartirishga majbur bo‘lishadi yoki yo‘q bo‘lib ketadi. Hayvonlarning yo‘q bo‘lib ketgan turlarini esa qayta tiklab bo‘lmaydi.  

Shuning uchun yosh avlod o‘rtasida ekologik madaniyat, tabiatga to‘g‘ri munosabatni qaror toptirish va yashil g‘oyalarni keng targ‘ib etish zarurligi ta’kidlandi.  

 Tadbir davomida talabalar ham o‘z fikrlarini, takliflarini bildirdi. Ochiq muloqot, savol-javoblarda eng faol 10 nafar talaba partiya tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

 Yakunda yoshlar ishtirokida partiya shiori asosida flesh-mob tashkil etildi.

M.Komilova,

O‘zA