Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tabiatni asrash – insonni, Vatanni asrash demak
15:44 / 2025-09-27

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Navoiy viloyat Kengashi hamda Navbahor tuman Kengashi hamkorligida tumandagi 2-sonli politexnikumda “Tabiatni asrash – insonni, Vatanni asrash demakdir” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, ta’lim muassasalari vakillari hamda o‘quvchilar ishtirok etgan tadbirda davlatimiz rahbarining AQSHda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasida so‘zlagan nutqidagi dolzarb masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.  

Tadbirda so‘zga chiqqanlar sessiyada Prezidentimiz tomonidan iqlim o‘zgarishi, Orol dengizi fojiasi, suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari ochiq va aniq tarzda yetkazilgani, bu borada O‘zbekistonning tashabbuslari xalqaro miqyosda keng qo‘llab-quvvatlanayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, davra suhbatida Prezidentimizning 2025 yil 15 may kuni qabul qilingan “2030 yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar haqida ham atroflicha so‘z yuritildi.

Ushbu konsepsiyada har bir fuqaroning ekologik bilim va ko‘nikmalarini oshirish, yoshlar ongida tabiatga mehr va mas’uliyatni shakllantirish, ta’lim muassasalarida ekologik tarbiyaga alohida e’tibor qaratish kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilab berilgan.

Tadbir davomida yoshlarga ekologik masalalarda faollik ko‘rsatish, daraxt ekish va ularni parvarishlash, suvni tejash lozimligi uqtirildi.  

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri