Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tabiatni asrash – har birimizning burchimiz
18:00 / 2023-11-02

Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mavjud ekotizimlarni himoya qilish va tiklash, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, bog‘lar, yashil hududlar barpo etish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Mazkur jarayonda barcha tashkilot, korxona va muassasalar, yurtdoshlarimiz faol ishtirok etmoqda.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlarni samarali tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining xuquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Vakil devoni tomonidan “Tabiatni asrash – burchimiz!”, “Birgalikda daraxt ek!”  shiorlari ostida  joylarda mehnat jamoalari, tadbirkorlik sub’ektlari vakillari bilan uchrashuv va muloqotlar o‘tkazilmoqda.  

Vakil devoni mas’ullari hamda tuman, shahar hokimliklari mutasaddilari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, hokim yordamchilari, kadastr va ekologiya sohasi vakillari, tadbirkorlar ishtirokida Buloqboshi va Baliqchi tumanlarida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda “Yashil makon” loyihasining mazmun-mohiyati, ahamiyati, atrof-muhit, ekologiya musaffoligini barqaror saqlash, ko‘chat ekish ishlarida faol qatnashish xususida atroflicha so‘z yuritildi.  

Tadbirlarda viloyatdagi tadbirkorlik sub’ektlari, aholi ko‘kalamzorlashtirish, ko‘chat ekish, yashil hududlar barpo etish ishlarida faol ishtirok etishga chaqirildi.  

– Ona tabiat va ekologik musoffolikni saqlash, yashil hududlar barpo etish, bog‘lar yaratish xayrli va savobli ishdir, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Biznes-ombudsmanning Andijon viloyatidagi bosh inspektori Murodjon Hoshimov. – Shu bois ham ushbu xayrli ishda barchani faol ishtirok etishiga chaqiramiz.  

 

F. Ubaydullayev,

Z.Umrzoqov (surat),

O‘zA muxbirlari