Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tabiatga mehr maktabdan boshlanadi
15:46 / 2025-12-20

Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi Ijroiya qo‘mitasi Nukus filiali tomonidan Orolbo‘yi hududida ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan turli loyihalar amalga oshirib kelinmoqda.

Yaqinda jamg‘arma yana bir xayrli ishga qo‘l urib, yosh avlod qalbida tabiatga mehr, mas’uliyat va vatanparvarlik tuyg‘ularini uyg‘otuvchi tashabbusni amalga oshirdi.  

Yosh avlodni yashil kelajak yo‘lida birlashtirishni maqsad qilgan jamg‘armaning moliyalashtirishi bilan Nukus shahri “Aq jag‘is" mahalla fuqarolar yig‘inidagi 2-sonli umumta’lim maktabi atrofida “Maktab bog‘i"  yaratildi. Bu bog‘ yosh avlod uchun ma’naviy va ekologik tarbiyaning yangi markaziga aylanishi bilan birga, maktab o‘quvchilarining ona zaminga mehrini uyg‘otish, ularni yashil muhit bilan yaqindan tanishtirish, ekologik madaniyatni chuqur anglash imkoniyatini yaratishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Maktab bog‘ining yaratilishi bilan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi Ijroiya qo‘mitasi Nukus filiali, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan ekologik aksiya tashkil etildi.

Tadbirning maqsadi –  maktab atrofini ko‘kalamzorlashtirish bilan birga, yoshlarning ekologik bilimini takomillashtirish, kelajak avlodning atrof-muhitga bo‘lgan munosabati va mas’uliyatini kuchaytirishdan iborat.

Aksiya doirasida dastlab maktab atrofi obodonlashtirildi. Bog‘ oralarini sug‘orish uchun yer osti quduqlari qazilib, nasos o‘rnatildi.  200 tupdan iborat gilos, olxo‘ri, olma kabi daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Bog‘ni sug‘orishda yerosti suvlaridan samarali foydalanish maqsadida zamonaviy quyosh paneli o‘rnatildi.  

Dovud ABIBULLAEV,

O‘zA muxbi