Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tabiat va biz
11:32 / 2020-07-26

F O T O T A N Q I D


Pandemiya davrida nafas yetishmasligidan zor qaqshayotgan nochor bemorlar haqida oʻqiganimda, beixtiyor Davlat ekologiya qoʻmitasining Toshkent - Namangan viloyatlari hududida joylashgan Arashan koʻllar tizimiga uyushtirgan media-turini esladim. Tur davomida tabiat goʻzalligidan qanchalar bahra olgan boʻlsak, hamyurtlarimizning befarqligidan, atrof-muhitni ifloslantirayotganidan shuncha ranjigandik.

Hadisi shariflarda oʻzingga nimani ravo koʻrsang, oʻzgalarga ham uni ulash, deyiladi. Axir shu yer goʻzalligi, sarishtaligi, barhavoligi bilan sayohatchilarga maʼqul kelganki,Ular aynan shu joyni maʼqul topib oʻtirishibdi. Ammo ketarda bir uyum chiqindisini kimga “ilingan” ekan?

Manbalarda yozilishicha, bir kishining kislorod isteʼmoli uchun 7 ta daraxt “yashaydi”. Sayyoramizda sakkiz milliardga yaqin aholi yashashi va taxminan 700 milliard daraxt mavjudligini eʼtiborda tutsak, shundoq ham biz tabiat oldida anchayin daraxt ekish va koʻkalamzorlashtirishga qarzdormiz. Chunki oʻsha 7 milliardning ichiga kirgan Rossiya oʻrmonlari boʻylab davom etayotgan cheksiz yongʻinlar oqibati ertaga nima boʻladi, bu yaratgangagina maʼlum. Tabiatni asrash-avaylash lozimligini qachon oʻrganamiz?

Savollar koʻp. Toki, biz oʻzimizda ekomadaniyatni tarbiyalay olmas ekanmiz, insoniyatga turli muammolar tahdid qilishdan toʻxtamaydi.

Aziz mushtariy, Siz bu haqda nima deysiz?