Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tabiat uyg‘onib, bahorgi yumushlarga kirishildi
11:31 / 2026-02-18

FOTOREPORTAJ

Chust tumanida mirishkorlar qishloq xo‘jaligi sohasida mavsumiy yumushlarni boshlab yubordi.

“Zarafshon”, “Norxo‘jayev”, “Mash’al”, “Varzik” hamda “Karkidon” MMTPlari hududlarida joylashgan fermer xo‘jaliklarida g‘alla parvarishi, mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, dala chetlarini tartibga keltirish, irrigatsiya tarmoqlarini yaxshilash hamda ariqlarni betonlash ishlari olib borilmoqda.

[gallery-27715]

Ta’kidlash joizki, “Nuriddinbek E’zozbek” va “Shahnoza Saida Dono” fermer xo‘jaliklari o‘tgan yil har gektardan 70–80 sentnerdan g‘alla hosili olib, zaxiradagi yer maydonlaridan samarali foydalandi. Xo‘jaliklar tomonidan qo‘shimcha yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikalari ham xarid qilingan.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA