FOTOREPORTAJ
Namangan tumanidagi fermer xo‘jaliklarida mavsumiy dala ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.
Maxsus ishchi guruh hududlarda bo‘lib, agrotexnik tadbirlarning bajarilishi bilan tanishdi.
Jarayonda “G‘ayrat”, “Sho‘rqo‘rg‘on”, “Turkiston”, “Guldirov” MMTPlar hududidagi fermer xo‘jaliklarida g‘allani mineral va mahalliy o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, suv yo‘llarini tartibga solish, dala chetlaridagi qarovsiz yerlarga ishlov berish orqali yer maydonlarini kengaytirish kabi dolzarb ishlar ko‘zdan kechirildi.
G‘alla parvarishini agrotexnik talablar asosida tashkil etish, mahalliy o‘g‘it zaxirasini oshirish, ariq-zovurlarni tozalash hamda suv resurslaridan oqilona foydalanish yuzasidan xo‘jalik a’zolariga tavsiyalar berildi.
[gallery-27846]
Ta’kidlash joizki, tumanda joriy yil hosili uchun 5160 gektar maydonda g‘alla parvarishlanmoqda. Shuningdek, erta bahorda 3998 gektar maydonga chigit ekish rejalashtirilgan.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA