Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tabiat muhofazasi uchun
14:09 / 2023-05-11

Nurota tumanidagi Amir Temur MFYning dasht hududida Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan “Zararli chigirtkalarga qarshi kurashish tadbirlarini samarali tashkil etish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda joriy yilda chigirtkalarning Italiya prusi, Turon, Voha hamda Marokash kabi turlari tarqalishi ehtimoli yuqori ekanligi aytildi. Shuning uchun viloyatning cho‘l hududlaridagi yaylovlarda 2023 yil mavsumida 36 ming 200 gektar maydonda chigirtkalarga qarshi kimyoviy ishlovlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.  

– Zararkunanda chigirtkalar tarqalishining oldini olish va o‘z vaqtida kimyoviy kurash ishlarini olib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi viloyat FVB bo‘lim boshlig‘i Mirzohid Abdiyev. – Ayni paytda viloyatimizda to‘rtta maxsus otryad tashkil etilgan bo‘lib, xizmat agronom nazoratchilari tomonidan yaylovlarda doimiy kuzatuv ishlari olib borilmoqda. Shu kunga qadar Nurota tumanidagi yaylovlardan tashqari, Xatirchi tumanida 400, Navbahor tumanida 440 gektar maydonlarda zararkunandaga qarshi kimyoviy ishlovlar o‘tkazildi.  

– Chigirtkalarga qarshi kurashishda, eng avvalo, ularni tuxum qo‘yish va tarqalishigacha bo‘lgan davrda yo‘q qilish samarali, – deydi Navoiy viloyati chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurashish xizmati rahbari Asliddin Muhammadiyev. – Eng muhimi, ularning tarqalishi oldini olishda barcha sub’ektlarni muvofiqlashtirish maqsadga muvofiq.  

Seminarda chigirtkalarning ommaviy tarqalishi oldini olish tadbirlarida kimyoviy vositalardan foydalanishda xavfsizlik choralarini ko‘rish, yangi kimyoviy preparatlar va ularni ishlatish qo‘llanmalari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.  

A.BO‘RIEV, O‘zA