English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tabiat kushandalari qo‘lga tushdi
08:50 / 2024-10-03

Surxondaryo viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi nazoratchilari Oltinsoy tumanida o‘tkazgan reyd tadbirlari chog‘ida Mingchinor mahallasi hududida Xayit Salimov (ism-sharif o‘zgartirildi) noqonuniy qum-shag‘al qazib olayotganiga duch keldi.

Qonunga zid holatda o‘zboshimchalik bilan bu ishga qo‘l urgan X.Salimovga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, 3 million 400 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi.  

Viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, boshqarmaning Sariosiyo tumani bo‘limi davlat inspektorlari Nodirabegim mahallasi hududidagi tuman suv xo‘jaligi bo‘limiga tegishli hududda “Yashil makon” loyihasi doirasida ekilgan 26 tup mevali va manzarali ko‘chatni qo‘porib olgan tabiat zararkunandasini fosh etdi. Bu qilmishi bilan u tabiatga 36 million 700 ming so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.  

Mazkur holat yuzasidan Nozim Shopo‘latovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 8 million 500 ming so‘m jarima chorasi qo‘llanildi.  

Xolmo‘min Mamatrayimov,  

O‘zA muxbiri