Yashillik olami hayotimizning ildizi va ruhiy quvvat manbaidir. Tabiatning mo‘’jizalari sanalgan tog‘lar, musaffo suvlar, gulzorlar va sof havo qalblarga orom bag‘ishlaydi.
Ammo so‘nggi yillarda texnogen taraqqiyot va shaharlashish jarayoni tabiatning asl go‘zalligini yo‘qotish xavfini keltirib chiqarmoqda. Shu bois, tabiiy muhitni asrash va uning boyliklarini avlodlarga yetkazish har bir davlat va insoniyat oldidagi asosiy burchga aylangan.
Ana shunday tabiat va madaniyat uyg‘unligi saqlangan joylardan biri — Xitoyning Xuanlin qishlog‘idir.
Mo‘’jizakor Xuanlin qishlog‘i Xitoyning Szyansi viloyatida joylashgan, “mamlakatning eng go‘zal qishlog‘i” nomi bilan tanilgan hudud.
Chunki qishloq o‘zining betakror manzaralari bilan mashhur. Tog‘lar orasidagi tumanli manzaralar, musaffo havo va gullar hidi bu yerni jonli kartinaga aylantirgan. Shuning uchun Xuanlin ko‘pgina ijodkorlar uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Xuanlinda qadimiy xuey uslubida qurilgan uylar saqlanib qolgan. Bu uylarning oq devorlari, qora tomlari va o‘yma eshiklari orqali Xitoyning an’anaviy qishloq madaniyatini his qilish mumkin. O‘z tarixi va rivoyatiga ega bu qishloq nafaqat turistik, balki ma’naviy ahamiyatga ham ega joy.
Xuanlin Xitoydagi eng mashhur turistik yo‘nalishlardan biri bo‘lib, sayyohlarga unutilmas taassurot hadya etadi.
Qishloqda mehmonlar uchun milliy uslubda qurilgan uylar, choyxonalar va tabiiy mahsulotlar bozori faoliyat ko‘rsatadi.
Xulosa kilib aytganda, bu ajoyib qishloq tabiat va madaniyat mo‘’jizasi, inson va muhit uyg‘unligining yorqin namunasi. Maskanda har bir tosh, har bir gul va har bir uy tarixdan so‘zlaydi.
Tabiatni asrab-avaylash, uning go‘zalligini kelajak avlodlarga yetkazishda Xuanlin butun insoniyat uchun ibrat bo‘ladi.
<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/LQSvh3i3C1A" title="Tabiat — insonga berilgan omonat! " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Toshqorayeva, Iskandar Ismatov (video), O‘zA