FOTOREPORTAJ
Navoiy viloyati markazidan 500 km uzoqlikda joylashgan «Oqtog‘-Tomdi» davlat qo‘riqxonasi davlatimiz rahbarining 2022 yil 16 fevraldagi qarori asosida ochilgan bo‘lib, umumiy maydoni 40 ming gektarni tashkil etadi.
[gallery-13068]
Qo‘riqxonaning yigirmaga yaqin inspektor va ilmiy xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish maqsadida o‘rganish ishlarini olib bormoqdalar. O‘rganish natijalariga ko‘ra, bu yerda 33 ta o‘simlik va 23 ta hayvon turi aniqlandi.
Qo‘riqxona xodimlari uchun Tomdi tumanidagi “Tomdibuloq” OFY hududidan ikki qavatli bino ajratildi. Inspektorlar ishini yengillashtirish va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida 20 dona foto qopqon, 12 dona ratsiya va dron bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.
<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/95Rl8nbOgfU" title="Табиат билан ёнма-ён" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>
Siroj ASLONOV(surat),O‘zA