Tabiat bilan uyg‘unlikda
O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi va Badiiy akademiya hamkorligida mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlab “Ona tabiat madhi” ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilingan edi.
Unda Bo‘stonliq tumanining Ugam-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘ida 15 nafar rassomlar betakror manzaralarni chizdi. Tanlov ishtirokchilari uchun Xumson dam olish maskanida barcha sharoitlar yaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Ugam-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i 574 ming 600 gektar maydonni egallaydi. Bog‘da o‘simliklarning 1787 turi o‘sadi, ularning 66 turi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Bu yerda 230 turdagi hayvonlar yashaydi, ularning 45 turi Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.

Tanlov g‘oliblari va sovrindorlari 5 iyun kuni nishonlanadigan Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni arafasida e’lon qilinadi.
N.Usmonova,
O‘zA.