English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tabassum” mavsumga tayyormi?
09:48 / 2019-05-18

FOTOFAKT


Jizzax viloyati Forish tumani togʻlari bagʻridagi xushmanzara tabiat qoʻynida “Doʻstlik paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Tabassum” bolalar oromgohi joylashgan.

Nomiga nomunosib bu oromgohda oʻquvchilarning yozgi dam olish kunlariga qisqa vaqt qolgan boʻlsa-da, mavsumga tayyorgarlik oʻz holiga tashlab qoʻyilgan.

Oromgohda yotoqxona, oshxona, kutubxona, sport maydonchalari, basseyn talab darajasida jihozlanmagan. Tom qismidan oʻtgan chakka tufayli koʻrpa-matraslar yaroqsiz holga kelib qolgan. Oshxona sanitariya talablariga mutlaqo javob bermaydi.

Oʻzini oromgoh qorovuliman, deb tanishtirgan Yusuf Maxmurov hamda oromgohning xoʻjalik mudirasi Matluba Odilovaning taʼkidlashicha, bu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlardan mutasaddi rahbarlar kelib ketgan. Ammo sansalorliklar tufayli tuzatish ishlari orqaga surilmoqda.

Mamlakatimizda yoshlar uchun barcha sharoit yaratishga alohida eʼtibor qaratilayotgan bir paytda bunday beparvolik va sansolarlikni qanday tushunish mumkin?

Bugungacha bajarilmagan ish shoshilinch ravishda amalga oshirilsa, surʼat ham, sifat ham talab darajasida boʻlishiga kim kafolat beradi?

Shunday ekan, mutasaddi tashkilotlar kamchiliklarni tuzatish uchun toʻgʻri va tezkor choralar koʻradi, deb kutib qolamiz.

Bu mavzuga yana qaytamiz.

photo_2019-05-18_10-08-45.jpg

photo_2019-05-18_10-08-48 (2).jpg

photo_2019-05-18_10-08-48.jpg

photo_2019-05-18_10-08-50.jpg

photo_2019-05-18_10-08-51.jpg

photo_2019-05-18_10-08-52.jpg

photo_2019-05-18_10-08-56.jpg

photo_2019-05-18_10-08-59.jpg