English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
TAʼLIM: Xorij banki maktablarni kompyuterlashtirishga kredit ajratdi
19:06 / 2020-06-19

Mamlakatimizda Koreya Respublikasining Eksimbanki kredit mablagʻlari yordamida “Maktab taʼlimida axborot-kommunikatsion texnologiyalarni yana-da rivojlantirish” loyihasi amalga oshirilmoqda.


Mamlakatimizda Koreya Respublikasining Eksimbanki kredit mablagʻlari yordamida “Maktab taʼlimida axborot-kommunikatsion texnologiyalarni yana-da rivojlantirish” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyiha doirasida Toshkent viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi tassarrufidagi taʼlim muassasalarini kompyuter texnikalari bilan taʼminlash ishlari boshlandi. Bu haqda qiloyat hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Loyihada hududlardagi barcha umumtaʼlim maktablarini kompyuter texnikalari bilan jihozlanishini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish koʻzda tutilgan. Yangi oʻquv yilida viloyat boʻyicha jami 287 ta maktab 4224 dona yigʻma yangi avlod kompyuterlari bilan jihozlanadi. Bu esa taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonining yaxshilanishiga hamda maktablarda informatika fani oʻqituvchisining bilim darajasini yangi bosqichga olib chiqishga yordam beradi.

Loyihaning amaliy jihati shundaki, oʻqituvchilar tomonidan dars mashgʻulotlarida taqdimotlardan foydalanish sifati yaxshilanib, oʻqitishning ilmiy ishonuvchanligi, katta miqdordagi maʼlumotlar va axborotlarga kirish imkoniyati yaratiladi.