French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim va mutaxassislik
15:40 / 2016-03-16

Termizda “Ta’lim va mutaxassislik” ko‘rgazmasi hamda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi.

Termizda “Ta’lim va mutaxassislik” ko‘rgazmasi hamda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi, o‘rta maxsus, kasb-hunar va xalq ta’limi, mehnat boshqarmalari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda korxona, tashkilot va muassasalar vakillari, Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Prezidentimiz rahnamoligida kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, ta’lim muassasalari va korxonalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, umumta’lim maktablari bitiruvchilarini ta’limning keyingi bosqichiga to‘liq qamrab olishga qaratilayotgan doimiy e’tibor hech kimdan kam bo‘lmagan navqiron avlodni voyaga yetkazishda yuksak samaralar bermoqda. Prezidentimizning 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

Joriy yilda viloyatda 43 mingdan ortiq yosh o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini bitirib, mustaqil hayotga yo‘llanma oladi. Xususiy sektorda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish istagini bildirgan yoshlarga moliya institutlari tomonidan 15 milliard so‘mdan ortiq imtiyozli kredit mablag‘lari ajratiladi.

–Bitiruvchilarimiz 100 ga yaqin yo‘nalish sirlarini puxta o‘rgandi, – deydi Surxondaryo viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Karomat Ashurov. – Ularning bir qismi oliy ta’lim dargohlarida o‘qishni davom ettirish istagida bo‘lsa, aksariyati o‘zi egallagan kasb bo‘yicha korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat boshlaydi. Umumta’lim maktablarini tugatayotgan o‘g‘il-qizlar ta’lim muassasalariga 120 dan ortiq yo‘nalish bo‘yicha qabul qilinadi. Ana shu maqsadda bo‘lg‘usi o‘quvchilarni o‘quv dargohlaridagi sharoit va qulayliklar bilan yaqindan tanishtirdik.