French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim tizimida sifat va samaradorlik
12:21 / 2017-04-29

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida “San’at va madaniyat sohasida uzluksiz ta’lim: muammo va yechimlar” mavzuida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida “San’at va madaniyat sohasida uzluksiz ta’lim: muammo va yechimlar” mavzuida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda institut huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalari, san’at kollejlari professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Institut rektori B.Sayfullayev, markaz direktori O.Hasanov va boshqalar mamlakatimizda ta’lim sohasini takomillashtirishga qaratilayotgan e’tibor tizimning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘qitishning sifat va samaradorligini oshirish hamda navqiron avlodga har tomonlama mustahkam bilim berishda muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 20-apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bunday ezgu ishlarni izchil davom ettirishda yangi imkoniyatlarni ochib berdi.

Prezidentimizning ushbu qarorida barcha oliy ta’lim muassasalari, qayta tayyorlash, malaka oshirish mintaqaviy va tarmoq markazlari oldiga qator yangi vazifalar qo‘yilgan. Unga muvofiq, professor-o‘qituvchilarning kasb mahoratini, pedagog xodimlarning malakasini oshirish, shuningdek, ularning xorijiy hamkor oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirishi, magistratura, doktoranturada ta’lim olishi hamda mamlakatimizning tayanch oliy o‘quv yurtlari qoshida qayta tayyorgarlikdan o‘tishi va malaka oshirishi lozim.

– Seminar san’at va madaniyat sohasidagi uzluksiz ta’lim holati, muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish maqsadida tashkil etildi, – deydi institut professori M.Abdullayeva. – Unda san’at va madaniyat sohasida yetuk kadrlarni tayyorlashga mas’ul kollej, oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalari professor-o‘qituvchilari qatnashgani, ulardagi ish jarayoni, kelgusi rejalar va hal qilinishi zarur bo‘lgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar, takliflar bildirilgani bilan katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

Tadbirda o‘rta maxsus, kasb-hunar kollejlaridagi muammolar va yechimlar, aktyorlarni tayyorlashda uzluksiz ta’lim tizimining ahamiyati va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.