Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim-tarbiya samaradorligi doimiy e’tiborda
19:01 / 2015-12-28

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida Prezidentimiz Islom Karimovning Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 23-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida belgilangan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida Prezidentimiz Islom Karimovning Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 23-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida belgilangan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi hamda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda deputatlar, vazirlik va idoralar, ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, yoshlarga jahon andozalari darajasida ta’lim berishga qaratilayotgan doimiy e’tibor navqiron avlod kamolotida muhim omil bo‘lmoqda. «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalar o‘z vaqtida hayotga tatbiq etilishi natijasida yoshlarga umumiy ta’lim olish bilan birga zamonaviy kasb-hunarga ega bo‘lish imkonini beradigan 12-yillik uzluksiz ta’lim tizimi shakllantirildi.

Bugungi globallashuv zamonida yoshlarni salbiy illatlar ta’siridan asrash, ularda tevarak-atrofda ro‘y berayotgan voqealarga nisbatan xolis, mustaqil fikrni shakllantirish, ma’naviyatini yuksaltirish doimiy e’tiborda.

2016-yilning mamlakatimizda Sog‘lom ona va bola yili, deb e’lon qilinishi yoshlar kamolotiga yo‘naltirilgan bunday ezgu ishlarni yanada yuqori bosqichga olib chiqishda muhim omil bo‘layotir.

– Davlatimiz rahbari ma’ruzasida har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ustuvor vazifalar belgilab berildi, – deydi Toshkent soliq kolleji direktori o‘rinbosari Dilbar Rahmonova. – Bu chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish pedagog xodimlar zimmasiga alohida mas’uliyat yuklaydi. Zero, sog‘lom fikrli, ma’nan yetuk avlodni voyaga yetkazishda ta’limning barcha bo‘g‘ini, jumladan, kasb-hunar kollejlarining alohida o‘rni bor. Xususan, maktab bitiruvchilarini o‘rta maxsus ta’limga to‘liq qamrab olish, kollejni bitirib mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan yoshlarning to‘liq bandligini ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilandi. Bu chora-tadbirlarni o‘z vaqtida hayotga tatbiq etish maqsadida «kollej – korxona – ota-ona» hamkorlik loyihasi doirasida uch tomonlama shartnomalar tuzilib, ularning ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqdamiz.

Davra suhbatida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan natijalar va ularning samaradorligini yanada yuksaltirishga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi. Sog‘lom ona va bola yilida o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar xususida fikrlashildi.