Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taʼlim-tarbiya borasidagi majburiyatlarni bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
15:58 / 2020-04-08

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi batafsil koʻrib chiqildi.


Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi batafsil koʻrib chiqildi.

Ushbu hujjat bilan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaganlik uchun Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasida javobgarlik belgilanmoqda.

Qayd etilganidek, soʻnggi yillarda mazkur moddada nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etish holatlari koʻpayib bormoqda. Shu munosabat bilan, loyihada mazkur moddada belgilangan sanksiya miqdorlarini oshirish taklif etildi.

Loyihada kodeks yangi 1975-modda bilan toʻldirilmoqda. Yaʼni, unda taʼlim muassasasi pedagogik xodimining taʼlim oluvchilar bilimini toʻgʻri va xolis baholashiga taʼsir koʻrsatishda ifodalangan uning kasbiy faoliyatiga aralashish, xuddi shuningdek, taʼlim muassasasi pedagogik xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish uchun javobgarlik oʻrnatish nazarda tutilyapti.

Shu bilan birga, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun 301-modda bilan toʻldirilyapti. Unda pedagogik xodimlarning kasbiy shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsi davlat himoyasida ekanini, shuningdek, pedagogik xodimlarning kasbiy faoliyatiga aralashishga hamda xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilishga yoʻl qoʻyilmasligini belgilash taklif etilmoqda.

Parlament aʼzolarining fikricha, mazkur hujjatni qabul qilish natijasida ota-onalarning bola tarbiyasi uchun masʼuliyatini kuchaytirishga, oʻqituvchilarning jamiyatdagi mavqei oshishiga hamda ularning huquqiy himoyasini taʼminlashga erishiladi.

Majlisda qonun loyihasi yuzasidan qizgʻin fikr-mulohazalar bildirildi hamda u konseptual jihatdan birinchi oʻqishda qabul qilindi.