Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim sifatini oshirishda innovatsiyaning o‘rni
20:04 / 2018-02-20

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va rivojlantirishda innovatsiyaning o‘rniga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va rivojlantirishda innovatsiyaning o‘rniga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

“Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda oliy ta’lim tizimi muassasalari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha dunyoning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatishi, o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarini joriy etishiga alohida e’tibor berilayotgani ta’kidlandi. Xorijdagi nufuzli ilmiy-ta’lim muassasalarida istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish borasida ham tizimli choralar ko‘rilmoqda.

Davra suhbatida oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan fikrlashildi. Bu jarayonda axborot-kommunikatsiya va innovatsion pedagogik texnologiyalardan oqilona foydalana oladigan mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyatga ega.

– Samaraga erishish uchun ta’lim jarayoni, oliy ta’limning o‘quv rejasi, dasturlari, o‘qitish usullari, magistratura ilmiy-ta’lim jarayonini sifat jihatidan tubdan yangilash, yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish lozim, – dedi tarix fakulteti dekanining o‘rinbosari H.Polvonov. – Bugungi davra suhbatida professor-o‘qituvchilar va talabalarning bu boradagi takliflari tinglandi. Bu fikrlar inobatga olinib, kerakli tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Tadbirda oliy ta’limni yanada rivojlantirish, uning akademik doiralar bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish kabi mavzularga doir ma’ruzalar tinglandi.