French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi onlayn darslar sifatiga qanday baho beradi?
13:04 / 2020-04-30

Inspeksiya tomonidan 50 ga yaqin videodarslar tasvirga olingan edi


Hozirda karantin sababli maktab oʻquvchilari uchun televideniye orqali videodarslar efirga uzatilmoqda, shuningdek oliy taʼlim tizimida ham darslar masofaviy tashkil etilmoqda. Bunday vaziyatda taʼlim sifati qanday nazorat qilmoqda? Mazkur savolga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi ULUGʻBEK TASHKENBAYEV javob berdi.

Darhaqiqat, umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻquv yilining IV choragi uchun rejalashtirilgan dars mashgʻulotlari masofaviy videodarslar shaklida tashkil etilmoqda. Ushbu jarayonda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi nazorat organi sifatida emas, balki hamkor tashkilot sifatida ishtirok etmoqda. Tayyorlanayotgan videodarslar sifatini oshirish boʻyicha malakali mutaxassislarni jalb etgan holda tavsiyalar berib borilmoqda.

Shuningdek, qariyb 2 yil davomida xalqaro PISA tadqiqotlariga tayyorgarlik koʻrish borasida Inspeksiya tomonidan 50 ga yaqin videodarslar tasvirga olingan edi. Hozirgi kunda ushbu videodarslar ham OʻzMTRK telekanallarida efirga uzatilmoqda.

Bir narsaga barchamiz eʼtibor qaratishimiz lozim. Shu paytga qadar bizning mamlakatda masofaviy taʼlimni joriy etish boʻyicha tajriba deyarli yoʻq edi. Shunday boʻlsa-da, qisqa muddatda butun mamlakat taʼlim tizimi uchun masofaviy taʼlimni joriy etilishi va buni pedagoglar, oʻquvchilar va ota-onalar tez oʻzlashtirib tizim ishlab ketgani quvonchli boʻldi.

Xususan, xorijlik hamkorlarimiz bilan masofaviy taʼlim masalasini muhokama qilganimizda koʻpgina davlatlar maktab oʻquvchilari uchun ham internet orqali oʻzining oʻqituvchi bilan dars oʻtishi tashkil etilgani internet va texnika yetishmovchiligi sabab koʻplab muammolar kuzatilayotganini, Oʻzbekistonning bu borada tanlagan yoʻli yaʼni onlayn darslar televideniye va internet tarmoqlar orqali teng taqsimlanishi eng toʻgʻri tanlov boʻlganini taʼkidlashdi.

Yurtimizda birinchi marta tashkil etilayotgan ushbu videodarslarni, umuman masofaviy taʼlimni tashkil etishda oʻziga yarasha muammolar boʻlishi tabiiy. Hozirda Taʼlim inspeksiyasi tomonidan “Masofaviy taʼlimni tashkil etish, uning sifati va samaradorligini oshirish” boʻyicha xalqaro ekspertlardan taklif va tavsiyalar olinib, tizimni takomillashtirish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu jarayonda keng jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida Inspeksiyaning @edumonitoring_bot telegram boti ishga tushirilgan.

Mazkur telegram bot orqali ota-onalar maktab va OTMlarda masofaviy oʻqitishning sifati, uni tashkil etish hamda hududlardagi muammo va qiyinchiliklar boʻyicha xabar va takliflar berishmoqda. Ayni paytda hamkor vazirliklar va mahalliy hokimliklar bilan masofaviy taʼlim sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan omillarni bartaraf etish ishlari davom etmoqda.

Biz oʻquvchilarni videodarslar orqali taʼlim olishida har bir xonadonga kirib chiqa olmaymiz. Shu nuqtayi nazardan televizion kanallar orqali muntazam berib borilayotgan dars mashgʻulotlari oʻqituvchi, murabbiylar bilan bir qatorda ota-onalarga ham birdek masʼuliyat yuklaydi. Jumladan farzandining TV kanallari orqali berib borilayotgan darslarni muntazam tomosha qilishlari uchun sharoit yaratish, doimiy nazorat qilish, mavzularni oʻzlashtirishiga, vazifalarni bajarishga yordamlashish, shuningdek farzandining oʻqituvchisi bilan xabar almashishda internet orqali aloqani taʼminlab berishlari lozim. Avvallari ayrim ota-onalarimizni farzandining taʼlim olishiga eʼtibor qaratish muammosi bor edi. Karantin bahonasida koʻpchilik ota-onalar farzandi bilan birga ishlashga unga yordam berishga, oʻziga yarasha nazorat qilishga oʻrganishdi. Karantindan keyin ham shu koʻnikmalar saqlanib qoladi deb umid qilamiz.