Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim sifati: mahorat va amaliyot
17:12 / 2015-08-27

Prezidentimiz rahnamoligida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish, o‘quvchilarning intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Prezidentimiz rahnamoligida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish, o‘quvchilarning intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Nukusda o‘tkazilgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi rahbar va pedagog xodimlarining “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida metodik xizmatni tashkil etish, tahlillar, muammolar va yechimlar” mavzusidagi an’anaviy avgust kengashida bu alohida ta’kidlandi. 

Joriy yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi umumta’lim maktablarining 9-sinfini tamomlagan 26 ming 600 dan ziyod o‘quvchining 24 mingdan ziyodi kollejlarda, 2 ming 536 nafari akademik litseylarda ta’lim oladi. 

– Tadbirda o‘zim uchun zarur bo‘ladigan ko‘p ma’lumotlarga ega bo‘ldim, – deydi Beruniy maishiy xizmat kasb-hunar kolleji direktori Adilbek Qayrullayev. – Bizning kollejimizda ham ko‘p yillik tajribaga ega pedagoglar mehnat qilmoqda. Bu yil 12 ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kollejimizni bitirgan o‘g‘il-qizlarning 132 nafari ishga joylashtirildi. 20 dan ziyodi esa tijorat banklarining moliyaviy ko‘magida o‘z biznesini yo‘lga qo‘ydi.

Tadbir doirasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyati aks etgan ko‘rgazma namoyish etildi.