Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taʼlim muassasalarida turli favqulodda vaziyatlarda qanday muhofazalaniladi?
12:26 / 2019-10-26

Bugun jahon ilm-fani yutuqlarini oʻzlashtirishga, xorijiy tillarni oʻrganish va kompyuter texnologiyalari boʻyicha bilimlarni oshirishga katta eʼtibor qaratilmoqda.


Bugun jahon ilm-fani yutuqlarini oʻzlashtirishga, xorijiy tillarni oʻrganish va kompyuter texnologiyalari boʻyicha bilimlarni oshirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Biroq, yoshlarning hayoti davomida duch kelishi mumkin boʻlgan turli xavfli hodisalar vaqtida oʻzini qanday tutishi lozimligi, favqulodda hodisa yuz berganda qilinishi lozim boʻlgan harakatlarga tayyorgarlik darajasi qoniqarlimi? Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida boʻlib oʻtgan “Taʼlim muassasalarida turli tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofazalanishda fuqaro muhofazasi tuzilmalarining oʻrni” mavzusida koʻrgazmali amaliy seminarda ayni ushbu masalaning yechimlari toʻgʻrisida soʻz bordi.

Amaliy seminarda yurtimizda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda hodisalar hamda taʼlim tizimida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik, hodisa yuz berganda toʻgʻri harakatlanish, jabrlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish koʻnikmalarining taʼlim tizimida amalga oshirilish holati toʻgʻrisida maʼruzalar tinglandi.

Raqamlarga nazar tashlasak, respublikamiz hududida oxirgi ikki yillik davomida yuz bergan favqulodda hodisalar tahlil etilganida, quyidagicha maʼlumotlar olindi. 2018-yilda mamlakatimizda 158 ta favqulodda holatlar sodir boʻlgan boʻlib, bu 2017-yilga qaraganda 0,64 foizga koʻpdir. Hodisalarning 10 tasi texnogen xususiyatga ega.

Sodir boʻlgan favqulodda vaziyatlarda 561 nafar aholi jabr koʻrgan boʻlib, bu bir yil oldingi koʻrsatgichga nisbatan 1,45 foizga koʻpayganini bildiradi. Hodisalar sabab halok boʻlganlar 337 tani tashkil etgan va bu oʻlimlar bir yil oldingi koʻrsatgichga nisbatan 4,8 foizga kamayganini bildiradi.

Koʻrgazmali amaliy seminarda Chilonzor tumani yongʻin xavfsizligi xodimlari ham ishtirok etib, maxsus oʻt oʻchirish avtomobili hamda qurilmalarning qanday ishlashi toʻgʻrisida seminar ishtirokchilariga koʻrgazmali chiqish namoyish etishdi.