Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim maskanining yangi binosi
11:17 / 2015-01-23

Namangan tumani Navbahor shaharchasidagi 30-umumta’lim maktabining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Namangan tumani Navbahor shaharchasidagi 30-umumta’lim maktabining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Prezidentimiz rahnamoligida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida navqiron avlodimizning hech kimdan kam bo‘lmagan sharoitlarda unib-ulg‘ayishi uchun zamonaviy ta’lim muassasalari, sport, musiqa va san’at inshootlari barpo etish, ularni zarur jihozlar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Qurilish-montaj ishlariga 1 milliard 400 million so‘mdan ziyod mablag‘ sarflangan maktabning ikki qavatli ko‘rkam binosi qurilishi “Murodil vaqt invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirildi.

– Maktabda 420 nafar o‘quvchining zamonaviy ta’lim olishi uchun barcha zarur sharoit yaratilgan, – deydi Namangan tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi mudiri Dilbarxon Hoshimova. – Fanlar bo‘yicha tegishli o‘quv-laboratoriya, sport jihozlari bilan ta’minlangan sinf xonalari, sport zali yoshlarning puxta bilim olishi, jismonan toblanishi, bir so‘z bilan aytganda, har tomonlama barkamol ulg‘ayishiga xizmat qiladi.

Bu yerda yaratilgan shart-sharoitlardan ota-onalar ham g‘oyat mamnun.

– Maktabning yangi binosi zamonaviy andozalar asosida qurilgan, – deydi Muyassar Sattorova. – Keng va yorug‘ sinf xonalari, sport zali va maydonchasi har qanday kishining havasini keltiradi. Farzandlarimizga ko‘rsatilayotgan ulkan e’tibor va ularning porloq kelajagini ta’minlash yo‘lida yaratilayotgan bunday imkoniyatlar uchun barcha ota-onalar davlatimiz rahbaridan minnatdor.